Mustaqillikka sovg‘a: O‘zbekiston havo yo‘llari chiptalarga chegirmalar e’lon qildi

© Uzbekskie avialiniiSamolet biznes-klassa v aeroportu Tashkenta
Samolet biznes-klassa v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Havo yo‘llari O‘zbekiston mustaqilligining 27-yilligi munosabati bilan 30−50 %lik chegirmalar e’lon qildi.

TOShKENT, 14 avg - Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK bayram kunlari ichki reyslarda chegirmalar e’lon qildi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar qilingan.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston mustaqilligining 27-yilligi nishonlanadigan kunlar (31 avgust-4 sentabr) respublika ichidagi barcha aviaqatnovlar chiptalariga chegirmalar e’lon qiladi", - deyiladi xabarda.

Vladivostok - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekiston havo yo‘llari” Vladivostokka parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Ta’kidlanishicha, yakka yo‘lovchilarga 30 %lik, turistik guruhlar (besh va undan ortiq kishi), 6−15 yoshli bolalar, kollej, litseylar o‘quvchilari va OTMlar talabalari, IIV, MV, DSQ, DBQ va boshqa mahkamalar tizimidagi maxsus o‘quv muassasalari tinglovchilariga 40 %lik chegirmalar taqdim etiladi.

Ikki va undan ortiq kishidan iborat oilalar — er va xotin, er, xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan bolalari; 18 yoshgacha farzandlari bo‘lgan ota yoki ona 50 %lik chegirmadan foydalanishi mumkin.

Pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, 1941−1945 yillardagi urushda qatnashganlar va ularga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek Chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan shaxslarga ham 50 %lik chegirmalar taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0