“O‘zbekiston havo yo‘llari” Vladivostokka parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

© Sputnik / Vitaliy AnkovVladivostok
Vladivostok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgari aviakompaniya mazkur yo‘nalish bo‘yicha faqat charter parvozlarini amalga oshirib kelayotgandi.

TOShKENT, 9 avg - Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 15-sentabrdan boshlab Toshkent-Vladivostok-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi reyslarini joriy etadi.

Parvozlar haftaning shanba kunlari Boeing-767 samolyotlarida amalga oshiriladi.

HY-707 reysi Toshkentdan mahalliy vaqt bilan 08:30da uchib ketadi va Vladivostokka soat 20:10da qo‘nadi. HY-708 reysi Vladivostokdan 22:00da parvoz qiladi va Toshkentga soat 00:40+1da yetib keladi.

Ilgari aviakompaniya mazkur yo‘nalish bo‘yicha faqat charter parvozlarini amalga oshirib kelayotgandi.

Yangiliklar lentasi
0