Toshkent IIBB buxorolik firibgar Julyetta haqida xabar berdi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri: dollari SShA
Denejnie kupuri: dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gumonlanuvchidan ko‘rilgan zararning umumiy miqdori 9 ming AQSh dollarini tashkil etgan.

TOShKENT, 13 avg - Sputnik. O‘zbekistonda fuqarolarni xorijga jo‘natishni va’da qilgan shaxsga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xaar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati.

Pokupka aviabileta - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda qalbaki aviachiptalarni sotgan firibgar ustidan sud hukmi o‘qildi

Ta’kidlanishicha, ichki ishlar organlariga Yashnobod tumanida yashovchi 61 yoshli D. Ra’no ariza bilan murojaat qilib, ayol o‘z arizasida X.Julettaga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlarini so‘ragan.

Ma’lum bo‘lishicha, X. Juletta ayolning o‘g‘lini Koreyadagi avtozavodlardan biriga ishga joylab qo‘yish evaziga 1500 AQSh dollarini olib, va’dasini bajarmagan.

Tergov ishlari davomida asli Buxoro viloyatida yashovchi 55 yoshli Julyetta hech qayerda ishlamasligi va fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish vakolatiga ega emasligi ma’lum bo‘ladi. Shuningdek, gumonlanuvchining tan olishicha, D.Ra’nodan olgan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan gumondorning xuddi shu turdagi yana boshqa jinoyatlarga ham aloqasi borligi aniqlangan. Jumladan, X.Julettaning va’dasiga uchgan yana olti nafar shaxs ayni vaqtda ariza bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Jabrlanganlar orasida Toshkent shahridan tashqari, Navoiy va Buxoro viloyatida yashovchi fuqarolar ham bor.

Gumonlanuvchidan ko‘rilgan zararning umumiy miqdori 9 ming AQSh dollarini tashkil etgan.

Yangiliklar lentasi
0