O‘zbekiston razvedkachilari kuchli uchlikdan joy oldi

© MO UzbekistanaMudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari IV Xalqaro armiya o‘yinlarida ikkinchi bor ishtirok etib, 6 ta sovrinli o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘ldi.
Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari IV Xalqaro armiya o‘yinlarida ikkinchi bor ishtirok etib, 6 ta sovrinli o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘ldi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ArMI-2018 xalqaro harbiy o‘yinlarda O‘zbekiston qo‘shin razvedkachilari faxrli uchinchi o‘rinni egallashdi.

TOShKENT, 12 avg – Sputnik. O‘zbekiston qo‘shin razvedkachilari kuchli armiya uchligidan joy oldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Voyennoslujashie na ucheniyax po ximicheskoy zashite v raketnoy brigade Yujnogo voyennogo okruga - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston askarlari yangi rekord o‘rnatishdi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 28-iyuldan 9-avgustga qadar Novosibirsk oliy harbiy qo‘mondonlik bilim yurti dala o‘quv maydoni bazasida bo‘lib o‘tgan “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari” musobaqasida O‘zbekiston razvedkachilari Rossiya va Xitoydan keyingi uchinchi o‘rinni egallashgan.  

Tanlov besh bosqichda bo‘lib o‘tgan: Desant bo‘lib tushish va marsh-brosokni amalga oshirish, Mexanik-haydovchilar musobaqasi, Razvedkachi so‘qmog‘ining to‘siqlarini yengib o‘tish, O‘q otish va Razvedka bo‘linmasining vazifani bajargandan so‘ng yig‘in punktiga chiqishi. 

“Musobaqaning barcha bosqichlarida yaxshi natijalarga erishgan holda jamoamiz musobaqa sovrindorlari safidan o‘rin olish uchun astoydil kurash olib bordi va ko‘zlagan maqsadlariga erishdi. Ushbu ko‘rsatkichlarga harbiy xizmatchilarning professionalligi, bilim va ko‘nikmalarining yuksak darajada ekanligi, shuningdek, jamoadagi o‘zaro hamjihatlik va jipslik, g‘alaba qozonishga bo‘lgan ishtiyoq tufayli erishildi”, — deydi o‘zbekistonlik razvedkachilar jamoasi rahbari polkovnik Shuhrat Ikramov.

Musobaqada Rossiya Federatsiyasi, Belorus Respublikasi, Qozog‘iston, Armaniston, O‘zbekiston, Xitoy, Zimbabve va Sudanning qo‘shin razvedkachilari jamoalari o‘zaro bellashdi. Filippin va Hindiston vakillari esa kuzatuvchi sifatida ishtirok etishdi.

© MO UzbekistanaUzbekiston razvedkachilari
O‘zbekiston razvedkachilari kuchli uchlikdan joy oldi - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekiston razvedkachilari

9-avgust kuni Novosibirsk shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tgan musobaqaning tantanali yopilishi va g‘oliblarni taqdirlash marosimida musobaqa tashkilotchilari tomonidan g‘olib jamoalarga tegishli diplom, medal, faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

ArMI-2018 ishtirokchilarini Toshkentda kutib olish
O‘zbekiston razvedkachilari kuchli uchlikdan joy oldi - Sputnik O‘zbekiston
ArMI-2018 ishtirokchilarini Toshkentda kutib olish

11-avgust kuni esa Mudofaa vazirligining bir guruh vakillari ishtirokida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida musobaqa ishtirokchilari tantanali ravishda kutib olindi.

© MO UzbekistanaArMI-2018 ishtirokchilarini Toshkentda kutib olish
O‘zbekiston razvedkachilari kuchli uchlikdan joy oldi - Sputnik O‘zbekiston
ArMI-2018 ishtirokchilarini Toshkentda kutib olish
Yangiliklar lentasi
0