O‘zbekiston askarlari yangi rekord o‘rnatishdi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie na ucheniyax po ximicheskoy zashite v raketnoy brigade Yujnogo voyennogo okruga
Voyennoslujashie na ucheniyax po ximicheskoy zashite v raketnoy brigade Yujnogo voyennogo okruga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ArMI-2018 xalqaro harbiy o‘yinlarida o‘rnatilgan 10dan ortiq rekordlardan biri O‘zbekiston jamoasi hisobiga yozildi.

TOShKENT, 12 avg - Sputnik.  ArMI-2018 o‘yinlarida 10dan ortiq yangi rekorddalar qayd etildi va ulardan biri O‘zbekiston jamoasi hisobiga yozildi, deb xabar qilmoqda xalqaro tadbir matbuot xizmati.

“O‘zbekiston askarlari “Harbiy tayyorgarlik a’lochilari” tanlovida ajoyib natija ko‘rsatishdi. Ular protivogaz kiyish bo‘yicha normativni 2 baravar tez - 3,3 soniya ichida bajarishdi”, - deyilgan rasmiy xabarda.

Shuningdek ArMI-2018da yana bir necha qiziqarli rekordlar o‘rnatildi. Masalan Rossiya tank biatlonchilari T-72B tankida 77 km/soat tezlikda harakatlanib tezlik rekordi o‘rnatishdi.

Xitoy jamoasi ham “Suvorov hujumi” tanlovi shartini 16 daqiqayu 53 soniya ichida bajarib, o‘zining o‘tgan yilga rekordini yana 30 soniyaga yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi.

Eron jamoasi suvda cho‘kayotganlarni qutqarishga bag‘ishlangan “Chuqurlik” tanlovida eng yuqori ball – 1000 ball jamlashga muvaffaq bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0