TOShKENT, 11 avg - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati mamlakatga "Tolibon" delegatsiyasi kelganligi haqida xabar berdi.
"2018-yilning 7-10-avgust kunlari Doha shahrida joylashgan “Tolibon” harakati siyosiy idorasi rahbari Sher Muhammad Abbas Stanikzay boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi", - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, “Tolibon” harakati delegatsiyasi Tashqi ishlar vazirligida qabul qilingan.
Uchrashuvda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayonining istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan.