Sirtqi ta’lim shakliga test sinovlari sanasi o‘zgargani ma’lum qilindi

© FacebookVstupitelnie ekzameni v Universitet Inxa v Tashkente
Vstupitelnie ekzameni v Universitet Inxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga test sinovlari 2018-yil 20-avgustdan boshlab o‘tkazilishi belgilangan edi.

TOShKENT, 10 avg – Sputnik. Test sinovlari Qurbon Hayitiga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida test sinovlari 2018-yil 17-20 avgust kunlariga ko‘chirildi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018-yil 30-iyuldagi 4-son bayoni bilan oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga test sinovlari 2018-yil 20-avgustdan boshlab o‘tkazilishi belgilangan edi.

Studenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik O‘zbekiston
Test sinovlarining birinchi haftasida 900ga yaqin abituriyent sinovlardan chetlashtirildi

“Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 17-18 avgust kunlari shu kunlarda test sinovi o‘tkazilayotgan binolarda, Toshkent shahrida 17-20 avgust kunlari o‘tkaziladi. Binolar manzillarini Davlat test markazining www.dtm.uz sayti orqali bilib olish mumkin”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tilishicha, Guliston davlat universiteti, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali va Toshkent davlat agrar universitetining sirtqi ta’lim shakliga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun test sinovlari Toshkent shahridagi binolarda bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot berilishicha, 2018/2019 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga qabul kvotasi 14 050 ta qilib belgilangan. Abituriyentlar tomonidan 135 280 ta ariza topshirilgan.

Test sinovlari natijalari test o‘tgan kunning ertasiga Davlat test markazining www.dtm.uz sayti orqali e’lon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0