Test sinovlarining birinchi haftasida 900ga yaqin abituriyent sinovlardan chetlashtirildi

© X. Paydoyev / Narodnoe slovoStudenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v "Uzekspotsentre"
Studenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 1-avgustdan oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

TOShKENT, 9 avg – Sputnik. 1—7 avgust kunlari davomida 405 736 nafar abituriyent test sinovlarini topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Facebookdagi sahifasida ma’lum qildi.

Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov - Sputnik O‘zbekiston
Test natijalari bo‘yicha apellyatsiya shikoyati berish tartibi ma’lum qilindi

Imtihonlarning birinchi haftasiga doir asosiy ko‘rsatkichlar aks etgan jadvalga ko‘ra, 11 927 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra imtihonlarga kelmagan, 887 nafar abituriyent esa qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygani uchun imtihonlardan chetlatilgan.

Ma’lumot uchun, bu yil oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun 675 049 nafar abituriyent hujjat topshirgan edi.

O‘zbekistonda 1-avgustdan oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda. Test sinovlari 15-avgustga qadar davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0