Shayxontohur tumanida texnopark tashkil etiladi

© Press-slujba UzbekengilsanoatUzbeksko-koreyskiy tekstilniy texnopark
Uzbeksko-koreyskiy tekstilniy texnopark  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tumanning Oqlon mahallasida bo‘sh turgan joyda tijorat banklari ishtirokida to‘qimachilik mahsulotlari, tayyor kiyim-kechak va sport tovarlari ishlab chiqaradigan korxonalar joylashadigan texnopark tashkil etish rejalashtirilgan. 

TOShKENT, 10 avg – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid loyihalar bilan tanishdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Bunyodkor ko‘chasidagi ko‘prikning ochilishida ishtirok etdi

Tumanning Oqlon mahallasida bo‘sh turgan joyda tijorat banklari ishtirokida to‘qimachilik mahsulotlari, tayyor kiyim-kechak va sport tovarlari ishlab chiqaradigan korxonalar joylashadigan texnopark tashkil etish rejalashtirilgan.   

Shu yerda yengil sanoat tarmog‘iga investitsiyalar jalb etish, zamonaviy uy-joylar qurish, tibbiy diagnostika markazi va maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish, asalni qayta ishlash va qadoqlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rejalashtirilgan loyihalar namoyish etildi.

“Davlatimiz rahbari sanoatni innovatsion rivojlantirish, xorijiy tajribani o‘rganib, mahsuldorlik va raqobatdoshlikni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Tadbirkorlarning innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatladi”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bunyodkor ko‘chasidagi yangi qurib bitkazilgan ko‘prik va G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ini borib ko‘rgandi.

Yangiliklar lentasi
0