Shaxs o‘z joniga qasd qilsa, u yashaydigan hududdagi psixiatriya ambulatoriyasiga xabar beriladi

© Foto : Prokazan.ruOdin iz shiroko rasprostranennix sposobov samoubiystva – prijok s visoti
Odin iz shiroko rasprostranennix sposobov samoubiystva – prijok s visoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, hisobotlar Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh suitsidologi tomonidan umumlashtirilib, har chorakda O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga taqdim etiladi

TOShKENT, 10 avg - Sputnik. Psixiatriya muassasalarini o‘z joniga qasd qilish harakatlari to‘g‘risida majburiy ravishda xabardor etish tartibi haqidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizomga muvofiq Ichki ishlar organlari har bir o‘z joniga qasd qilish holati yuzasidan o‘sha shaxs yashaydigan manzildagi ambulator psixiatriya muassasasini zudlik bilan xabardor etadi.

Odin iz shiroko rasprostranennix sposobov samoubiystva – prijok s visoti - Sputnik O‘zbekiston
Qayg‘uli statistika: O‘zbekiston suitsidlar bo‘yicha Markaziy Osiyoda uchinchi o‘rinda

Bordi-yu, mazkur holat sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari tomonidan aniqlangan taqdirda, ular bu haqda o‘zi joylashgan manzildagi ichki ishlar organlariga tezkor ma’lum qilishlari kerak.

Shaxsda o‘tkir psixoz yoki ruhiy kasalliklar xuruji sababli o‘z joniga suiqasd qilingani aniqlanganda, unga shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatilgach, yashash manzili bo‘yicha psixiatriya statsionarlariga o‘rnatilgan tartibda joylashtiriladi.

Shuningdek, o‘z joniga qasd va suiqasd qilish holatlari yuzasidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning filiallari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari hamda ambulator psixiatriya muassasalari tomonidan hisobot tayyorlanib, tegishli tartibda hududiy bosh suitsidologlar yoki bosh psixiatrlarga taqdim etiladi.

Hisobotlar Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh suitsidologi tomonidan umumlashtirilib, har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0