Poytaxtda buyuk qozoq shoiri Abay Qo‘nonboyev tavalludining 173-yilligi nishonlandi

Obuna bo‘lish
Shu yil 3-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboyev ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish to‘g‘risidagi qarorni imzolagandi.

O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida buyuk qozoq shoiri Abay Qo‘nonboyev tavalludining 173-yilligi munosabati bilan Sharqiy Qozog‘iston viloyati Madaniyat, arxivlar va hujjatchilik boshqarmasi tomonidan "Bizning Abay" adabiy ekspozitsiyasi tashkil etildi.

Tadbirda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashi vakillari va yana bir guruh mutasaddilar ishtirok etdilar.

Ta’kidlandiki, qozoq va o‘zbek asrlar davomida bir daroda suv ichib, yonma-yon yelkadosh bo‘lib yashab kelgan. Bugun bu qardoshlik, birodarlik ikki davlat rahbarlari sayi-harakatlari bilan yanada mustahkamlanmoqda. 2018-yilning Qozog‘istonda O‘zbekiston yili deb e’lon qilinishi ikki qardosh xalqning o‘zaro do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashda, nafaqat siyosiy-iqtisodiy balki madaniy adabiy aloqalarni rivojlantirishga ham xizmat qilmoqda.

Molodejniy forum v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyo yoshlar Kengashi tuzilmoqda

O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlik munosabatlari haqida ham fikrlar bildirildi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlari o‘rtasida o‘zaro do‘stlik va hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilgani, bugungi kunda ikki qardosh o‘zbek va qozoq xalqlar orasida yetishib chiqqan ulug‘ siymolar qadrlar, ularni qoldirib ketgan o‘lmas meroslarini o‘rganish va targ‘ib qilishga juda katta e’tibor qaratilmoqda.

"Buyuk qozoq shoir va mutafakkir o‘rganish doirasida bizning O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda joriy yil 12-iyul kuni o‘tkazilgan "Abay Qunanboyevning ijodiy merosi o‘zbek xalqi uchun qadrlidir" mavzusidagi adabiyot kechasi muhim voqea bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Unda ulug‘ shoir va mutafakkir ahamiyati, jahon xalqlari, jumladan o‘zbek xalqi uchun naqadar qadrli ekanligi so‘z yuritildi. Abay ijodiyoting taqdimotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi2, - deb ta’kidladi O‘zbekitson Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi vakili Rustam Kurbanov.

Yangiliklar lentasi
0