Jamiyat

Test natijalari boʻyicha apellyatsiya shikoyati berish tartibi maʼlum qilindi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Apellyatsiya shikoyati apellyatsiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida koʻrib chiqiladi.

TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. Test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlar 20 avgustdan 30 avgustgacha apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida maʼlumot berildi.

Unda aytilishicha, test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlar 20 avgustdan 30 avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq, dam olish kunlarisiz oʻn bir kalendar kuni ichida) boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Glava gosudarstvennogo komiteta po turizmu Aziz Abduxakimov - Sputnik Oʻzbekiston
Test natijalarini qayta ishlaydigan xodimlar natijalar eʼlon qilinguncha DTMda yashaydi

Abituriyentga apellyatsiya shikoyati qabul qilinganligi toʻgʻrisida uch ish kuni ichida xabarnoma beriladi.

Apellyatsiya shikoyati Davlat test markazida hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi boʻlimlarida qabul qilinadi.

Apellyatsiya shikoyatiga abituriyent ruxsatnomasining nusxasi ilova qilinishi kerak.

Apellyatsiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda oʻzining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

Apellyatsiya shikoyati koʻrilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari notoʻgʻri bajarilgan javoblar roʻyxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.

Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent oʻzining har bir notoʻgʻri deb hisoblangan test topshirigʻiga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellyatsiya komissiyasiga taqdim etadi.

Apellyatsiya shikoyati apellyatsiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida koʻrib chiqiladi.

Vstupitelnыe ekzamenы v Universitet Inxa v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
2 avgust kuni 480dan ortiq abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi

Abituriyentning yozma javoblari oʻz tasdigʻini topmagan boʻlsa, apellyatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan boʻlsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki oʻzining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellyatsiya shikoyati koʻrib chiqilmaydi.

Abituriyent apellyatsiya komissiyasining apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0