Zarar o‘rni qoplab beriladi: O‘zbekistonda mulk daxlsizligi kafolatlari kuchaytirildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishSnos doma
Snos doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan ikki yil ichida respublika bo‘yicha 4 689 ta turar va 1 456 ta noturar-joy buzilgani, yer uchastkalarini olib qo‘yishda ayrim hokimliklar tomonidan qonunchilik talablariga rioya etilmagani aniqlandi.

TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ko‘plab qonun buzilish holatlarini bartaraf etdi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.  

Turisti na ulitsax Buxari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda oilaviy mehmonxonalar tashkil etiladi

Davlat organlari va mansabdor shaxslar hokimiyat vakillari hisoblanadi. Ular o‘z vazifalarini davlat nomidan amalga oshirishadi. Aholi va tadbirkorlik subyektlari davlat organlari tomonidan qabul qilingan qarorlarni davlatning qarori, deb bilishadi va unga ishonch bildirishadi.

Demak, har qanday ma’muriy qaror davlatning aytgan so‘zi, deb tushuniladi. Investor yoki tadbirkor ma’muriy hujjat asosida davlatga ishonib, o‘z mablag‘larini ma’lum bir faoliyat turiga yo‘naltiradi.

Biroq, qonun hujjatlaridagi ayrim bo‘shliqlar tufayli qator muammolar yuzaga kelayotgani sir emas. Ma’muriy hujjatlarning ba’zi sabablarga ko‘ra, yuqori turuvchi organ tomonidan yoki shu hujjatni qabul qilgan organning o‘zi tomonidan bekor qilinishi, sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi kabi holatlar kuzatiladi. Bunday hollarda bekor qilingan ma’muriy hujjatga ishonib, o‘z faoliyatini boshlagan tadbirkor yoki investor zarar ko‘rib qolar va bu zarar qoplab berilmas edi.

Yer uchastkalarini olib qo‘yilishida qonun hujjatlariga rioya etilishi ahvoli o‘rganilganda, o‘tgan ikki yil ichida respublika bo‘yicha 4 689 ta turar va 1 456 ta noturar-joylar buzilganligi, yer uchastkalarini olib qo‘yishda ayrim hokimliklar tomonidan qonunchilik talablariga rioya etilmagani aniqlandi. 

Rubka derevyev v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda daraxtlarni ruxsatsiz kesgan shaxslarga chora ko‘rildi

Jumladan, 688 ta holatda buzilgan turar-joy egalari oldindan yozma ravishda xabardor qilinmagan, 985 ta holatda xabardor qilish muddatiga rioya qilinmagan. Shu bilan birga, qonun hujjatlariga zid ravishda 100 ta holatda buzilgan turar-joy uchun baholanmasdan kompensatsiya to‘langan hamda 391 ta holatda esa turar-joylar buzilgandan keyin baholangan.

Bundan tashqari, respublika bo‘yicha turar-joylari buzilgan 37 nafar mulkdorga – 3 mlrd. 252 mln. so‘m kompensatsiya to‘lovi umuman to‘lanmagan, 215 nafariga esa – 15 mlrd. 67 mln. so‘m kompensatsiya to‘liq to‘lab berilmagan.

Shu kabi qonun buzilishlarini bartaraf etish va mulk daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Charvak - Sputnik O‘zbekiston
Chorvoqdagi hashamdor dala-hovlilar nega buzilmoqda - video lavha

Farmonga muvofiq, qator kafolat va imtiyozlar yaratildi. Xususan:

Farmonda birinchi marta “Ishonchni himoya qilish prinsipi” tushunchasi qo‘llanildi. Unga ko‘ra, davlat organining ma’muriy hujjati haqiqiy emas, deb topilsa yoki bekor qilinsa, uning natijasida investor va tadbirkorga yetkazilgan mulkiy zararning o‘rni qoplab beriladi.

Buning uchun quyidagi shartlarga amal qilingan bo‘lishi kerak:

1) tadbirkor tomonidan ma’muriy hujjat asosida ma’lum bir qiymatda investitsiya kiritilgan bo‘lishi;

2) investor va tadbirkorning insofli bo‘lishi (qonun hujjatlariga rioya qilgan holda ish olib borgan, ma’muriy hujjatni chiqarish uchun pora bermagan);

3) hujjat qabul qilingandan keyin ma’lum vaqt o‘tgach, haqiqiy emas, deb topilgan yoki bekor qilingan.

Mulkiy zarar birinchi navbatda, tegishli organlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi, keyinchalik aybdor mansabdor shaxsdan regress tartibida undirib olinadi.

Izyatie domov u naseleniya v polzu gosudarstva - Sputnik O‘zbekiston
Uy-joylarni buzishda yo‘l qo‘yilgan minglab qonunbuzarliklar aniqlandi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘arma tashkil etilgan.

Investor va tadbirkorning qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan ma’muriy hujjatni bekor qilish yoki unga o‘zgartirish kiritish faqat sud tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Ilgari tuman hokimi o‘zi chiqargan qarorga o‘zi o‘zgartirish kiritish huquqiga ega bo‘lgan. Bu korrupsion holatlarning paydo bo‘lishiga olib kelar edi. Endilikda investor va tadbirkorlar sudda o‘zlarining manfaatlarini tomonlarning tengligi prinsipi asosida himoya qilish imkoniyati ega bo‘ldilar.

Yangiliklar lentasi
0