Chorvoqdagi hashamdor dala-hovlilar nega buzilmoqda - video lavha

Obuna bo‘lish
Avval tayyorlangan lavhada Chirchiq darosining Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq shaharchasi hududidan oqib o‘tuvchi qismida barpo etilgan noqonuniy qurilmalar, dala-hovlilar namoyish etilgan edi.

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. "O‘zbekiston 24" telekanalida Chorvoqdagi noqonuniy qurilgan dala-hovlilar masalasi bo‘yicha yana lavha namoyish etildi.

Otdix na Charvake - Sputnik O‘zbekiston
Chorvoqdagi noqonuniy qurilgan hashamatli dachalar buziladi

Bu lavhada Chorvoqdagi asl vaziyat qanday, dala-hovlilar nega buzilyapti, buzilayotgan uylarning tovoni to‘lab berilayaptimi kabi savollarga javob topish mumkin. Darvoqe, bu ko‘rsatuvda bo‘stonliklarning ham dardi tinglangan.

Esingizda bo‘lsa, avval tayyorlangan lavhada Chirchiq darosining Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq shaharchasi hududidan oqib o‘tuvchi qismida barpo etilgan noqonuniy qurilmalar, dala-hovlilar namoyish etilgan edi.

Lekin vaziyatni yaqindan o‘rganishning imkoni topilmagani uchun ham davla-hovlilarning ichiga kirishning iloji bo‘lmagan. Bu galgi o‘rganishlarda dala-hovlilar ko‘zdan kechirilib, vaziyatga oydinlik kiritildi.

Bu galgi o‘rganishlar ishchi guruh harakatlari bilan dala hovlilar birma-bir ko‘zdan kechirildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad esa yagona turistik zonaga aylantirilgan hududni obodonlashtirish va tartibga keltirish.

Ayrim "tadbirkor"larning noinsofligi, ona tabiat va Chirchiq darosiga nisbatan qilayotgan ayanchli munosabati lavhada xolis yoritilgan. Ahlat va chiqindi suvlari barchasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Chirchiq darosiga oqib tushadi.  

Lavhada mahalliy hokimiyat vakillarining fikrlari ham namoyish qilindi.     

"Tumanda qilinayotgan ishlarimiz, ishchi guruhlar tomonidan olib borilayotgan ishlar asosiy zaminida prezidentimiz dekabr oyida chiqqan qarori bilan Bo‘stonliq tumani erkin turistik zona aylantirilgan. Unga Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 94 ming gektar ochiq yer maydoni ajratildi. Hozir tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida turistlarni tuman keng jalb qilish maqsadida ishchi guruhlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda hamda amaliy ishlar ham bajarilmoqda. Yo‘llarni kengaytirish masalalari, xususan yo‘llar 50 metr masofada tushgan turar va noturar binolarni yo‘l o‘qidan 50 metr tashqariga qurish va yo‘lni kengaytirish, kelayotgan turistlarimiz bemalol harakatlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda", - Bo‘stonliq tumani hokimi o‘rinbosari Elmurod Po‘latov.

Po‘latov so‘zlariga ko‘ra, muhofaza mintaqasida joylashgan uy joylar, dala hovlilar bularni ham hammasini buzilishlari olib borilyapti. Buzilgandan keyin ular o‘rniga yer maydoni uchastkasi ajratib berildi. Ba’zi bir xonadonlarga 3 sotixli namunaviy uylar ham taklif qilingan. Bu uylar 3 oy ichida qurib beriladi.

Ungacha ular uchun yashash uchun boshqa joylardan joy, boshqa kvartiralarida yashashlari uchun kompensatsiya to‘lovlari 6 million so‘mdan to‘lab berildi. Boshqa muammosi bo‘lgan obyektlar, yechimi topilmagan obyektlar yoki tadbirkorlik masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi shu yerga kelib ishlayapti. Hamma tashkilotlar vakillar bor, shtablar tashkil qilingan. Shu shtablarda viloyat rahbarlari va respublika rahbarlari tomonidan fuqarolarning har qanday masalalarini yechish choralari ko‘rilmoqda.    

Yangiliklar lentasi
0