Chiqindilarni saralab jamlash majburiy bo‘ladi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishGoroda Rossii. Magas
Goroda Rossii. Magas - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chiqindi jamlash punktlari ko‘k, yashil va to‘q sariq rangli qutilar bilan jihozlanadi.

TOShKENT, 28-iyun – Sputnik. O‘zbekistonda, vanihoyat, chiqindilar saralab jamlanadigan bo‘ladi, deyilgan Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan taklif qilingan yangi qonun loyihasida, Spot.uz xabariga asosan.  

Qonun loyihasida aytilishiga ko‘ra, axlat jamlash punktlarida uch xil rangdagi konteynerlar bo‘ladi.

  • Ko‘k rang – qayta ishlanadigan qattiq maishiy chiqindilar uchun
  • Yashil rang – qayta ishlanmaydigan maishiy chiqindilar uchun
  • To‘q sariq – xavfli maishiy chiqindilar uchun

Shuningdek, qattiq chiqindilarni to‘liq saralash uchun plastmassa, shisha, qog‘oz va oziq-ovqat chiqindilari uchun alohida rangli konteyterlar ham o‘rnatilishi mumkin.

Shunday yo‘l bilan saralangan chiqindilar ixtisoslashgan korxonalarga qayta ishlash uchun yuboriladi. Chiqindi poligonlariga esa, faqat qayta ishlanmaydigan chiqindilar yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bundan oldin ham bir necha bor chiqindilarni saralab jamlashga urinish bo‘lgan edi, lekin ularning barchasi sinov tariqasida alohida hududlarda o‘tkazilgan va vaqtinchalik bo‘lgan.

Bu safar Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi ushbu ishni butun Respublika bo‘ylab boshlash va uni barcha uchun majburiy qilishga qaror qilgan.

Yangiliklar lentasi
0