TOShKENT, 2 avg - Sputnik. Novosibirsk viloyatida bo‘lib o‘tgan “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari” tanlovida O‘zbekiston jamoasi to‘siqlardan misli ko‘rilmagan tezlikda 37 daqiqa 30 soniya ichida o‘tdi. O‘zbekistonliklar Xitoy jamoasini besh daqiqaga ortda qoldirishdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar bermoqda.
Musobaqalarning bosh hakami general-mayor Vladimir Marusinning qayd etishicha, bu ishtirokchi mamlakatlar orasida ayni paytdagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda o‘zbekistonlik harbiylar ArMI doirasida o‘tkazilgan mazkur tanlovda uchinchi o‘rinni egallashgandi.