Sud Aqto‘bedagi yonib ketgan avtobus bo‘yicha ishni ko‘rib chiqishni keyinroqqa qoldirdi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishMolotok sudi
Molotok sudi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur ishni 7-avgust kuni Irgiz tuman sudida ko‘rib chiqish belgilangan edi.

TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Qozog‘iston g‘arbida 52 kishining halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan avtobusdagi yong‘in bo‘yicha jinoiy ishni sudda ko‘rib chiqish noma’lum muddatga qoldirildi, deb xabar berdi RIA Novosti Aqto‘be viloyat sudi vakiliga tayanib.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 18-yanvar kuni Samara – Chimkent yo‘lining 1068 kilometrida, avtobus yonib ketishi oqibatida 52 nafar O‘zbekiston fuqarolari qurbon bo‘lgan edi. Avtobusdagi yong‘inga kavsharlash lampasidan foydalanish sabab bo‘lgani aytilgandi.

V Aktubinskoy oblasti sudat voditeley, kotorix obvinyayut v tom, chto po ix vine zajivo sgoreli 52 cheloveka - Sputnik O‘zbekiston
Sud majlisida Aqtobe fojeasining yangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Mazkur ishni 7-avgust kuni Irgiz tuman sudida ko‘rib chiqish belgilangan edi.

"Hozircha sud ishi qoldirildi... Ular (ayblanuvchilarning himoyachilari – tahr.) sud ishini Aqto‘bega ko‘chirishmoqchi", - dedi agentlik suhbatdoshi. Uning aytishicha, Irgiz qishlog‘ida advokatlarning yashashlari uchun sharoitlar mavjud emas.

Haydovchilar Barat Tanatarov, Nurjan Kirgizbayev va Maksat Pernebekovlar yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslikda ayblanib hibsga olingan edi. Keyinchalik haydovchilar bilan birga ayblanuvchilar qatoriga mexanik Bahodir Berdibayev va avtobus firmasi direktori Nurlibek Telepbayevlar ham qo‘shilgan.  

Haydovchilardan ikki nafari – Nurjan Kirgizbayev va Maksat Pernebekovlar o‘z ayblarini qisman tan olishgan.

Yangiliklar lentasi
0