Sud majlisida Aqtobe fojeasining yangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Dmitriy Matveyev V Aktubinskoy oblasti sudat voditeley, kotorix obvinyayut v tom, chto po ix vine zajivo sgoreli 52 cheloveka
V Aktubinskoy oblasti sudat voditeley, kotorix obvinyayut v tom, chto po ix vine zajivo sgoreli 52 cheloveka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayblanuvchilar kursisida uch haydovchi, mexanik va firma rahbari o‘tirishibdi.

TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Ushbu kunlarda Aqtobe viloyatida o‘tgan yili sodir bo‘lgan fojea yuzasidan sud majlislari bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qiladi Sputnik Qozog‘iston muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 18-yanvar kuni Samara – Chimkent yo‘lining 1068 kilometrida, avtobus yonib ketishi oqibatida 52 nafar O‘zbekiston fuqarolari qurbon bo‘lgan edi.

Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
"Aqto‘be fojiasi": yonib ketgan avtobus ishi sudga oshirildi

Haydovchilar Barat Tanatarova, Nurjan Kirgizbayev va Maksat Pernebekovlar yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslikda ayblanib hibsga olingan edi. Ularga 5-yildan 10-yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin. Ayni damda Jinoyat ishi 52 tomdan oshib ketdi. Fojeada 100dan ortiq kishilar jabrlanuvchi deb topilgan.

Keyinchalik haydovchilar bilan birga ayblanuvchilar kursisiga mexanik Bahodir Berdibayev va avtobus firmasi direktori Nurlibek Telepbayevlar ham qo‘shilgan. Qonunga ko‘ra nosoz avtobus va haydovchilarning noto‘g‘ri hatti harakati uchun ular ham javob berishadi.

Haydovchilardan ikki nafari – Nurjan Kirgizbayev va Maksat Pernebekovlar o‘z ayblarini qisman tan olishdi.

Bolee 50 chelovek pogibli v zagorevshemsya avtobuse v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Avtobus egasi qidiruvda: 52 nafar o‘zbekistonlik o‘limi uchun kim javob beradi

Kirgizbayev aytishiga qaraganda, yonilg‘i quyish shahobchasida ularga sifatsiz (yozgi) solyarka quyishgan. Qattiq sovuqdan solyarka muzlab qolgan va dvigatel to‘xtagan. Avtobus saloni tez soviy boshlagan. Kirgizbayev, yo‘lovchilarga rahmi kelib olovli payvandlagichni yoqib salon ichiga qo‘ygan.

Haydovchi aytishiga qaraganda, ular yo‘ldan o‘tayotgan avtobusni ko‘rib undan yordam so‘rash maqsadida avtobusdan tushishgan. Shu vaqt avtobus ichida ikki yo‘lovchi orasida janjal kelib chiqqan va ularning biri jahl ustida olovli payvandlagichni tepib yuborgan. Lampa qulab tushib salonda yong‘in boshlangan. Lampani tepib yuborgan yo‘lovchi yong‘indan qutulib qolishga muvaffaq bo‘lgan, uning faqat oyog‘i kuygan.

Tenge - natsionalnaya valyuta Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonliklar Aqto‘be fojiasi qurbonlari oilalariga 10 mln tenge yig‘ib berishdi

Haydovchilar eshikni ochganda salon ichidagi yong‘in yanada kuchayib ketgan. Yo‘lovchilar avtobusning ikkinchi qavatida, yuklar birinchi qavatda bo‘lgani hamda yuklar juda ko‘p bo‘lgani tufayli yo‘lovchilar avtobusni tezda tark eta olmay qolgan. Avtobus to‘liq yonib ketishi uchun 7 daqiqa vaqt kerak bo‘lgan xolos.

Advokatlar sud majlislari Irgiz tuman sudida emas Aqto‘be shahar sudida ko‘rib chiqilishini so‘rashgan, lekin sud bunga rad javobi bergan.

“Aqto‘bedan Irgizgacha 600 kilometr, ikkinchidan Irgizda jabrlanuvchilar va sudning boshqa ishtirokchilarini joylashtirish uchun mehmonxona ham yo‘q”, - deydi advokat Nurjamal Ajigaliyeva.

Navbatdagi sud majlisi 7-avgustda belgilangan. Sud tafsilotlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0