Dilshod Akramovni o‘ldirishda gumonlanayotgan IIBB katta inspektori qamoqqa olindi

© Mejdunarodniy press-klubNachalnik Glavnogo upravleniya PPS MVD Uzbekistana Dilshod Akramov. Arxivnoe foto
Nachalnik Glavnogo upravleniya PPS MVD Uzbekistana Dilshod Akramov. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki tergov Bosh prokuratura “O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish” boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.

TOShKENT, 8 avg — Sputnik. O‘zbekiston IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Akramov o‘ldirganlikda gumonlanuvchi shaxs ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi, deb xabar qildi Gazeta.uz nashri.

Dilshod Akramov – nachalnik Upravleniya pravoporadka GUVD g. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Post-patrul xizmati rahbari o‘z kabinetida o‘ldirib ketildi

Xabarda aytilishicha, jinoyat sodir etishda gumon qilinib shahar IIBB HPB (huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi) katta inspektori R.Abdullayev (1985 yilda tug‘ilgan, IIV tizimida 2009-yildan ishlab kelgan) ushlangan, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 4-avgust kuni soat 21:10 larda Mirobod tumani, T.Shevchenko ko‘chasida joylashgan IIVga qarashli PPX va JTSBB binosining ikkinchi qavatidagi o‘z xizmat xonasida Dilshod Akramovning (1979 yilda tug‘ilgan, IIV tizimida 1996-yildan ishlagan, shahar IIBB PPX va JTSBB Bosh boshqarma boshlig‘i) murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

2018 yil 4-avgust kuni mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov Bosh prokuratura “O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish” boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0