O‘zbekistonliklar Mustaqillik kuni munosabati bilan necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPloshad Nezavisimosti
Ploshad Nezavisimosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mustaqillik bayrami arafasida 5 va 6 kunlik ish haftasidagilar uchun dam olish kunlari farqlanadi.

TOShKENT, 7 avg — Sputnik. O‘zbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan 2018-yilda o‘zbekistonliklar 5 kalendar kuni davomida dam oladi.

Ministr kulturi Uzbekistana Baxtiyar Sayfullayev - Sputnik O‘zbekiston
Sayfullayev o‘zbek-tojik munosabatlari haqida: do‘stligimiz abadiy bo‘ladi

Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 28-dekabrdagi “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Mustaqillik bayrami arafasida 5 va 6 kunlik ish haftasidagilar uchun dam olish kunlari farqlanadi.

Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi (5 kun ketma-ket):

- 31-avgust – qo‘shimcha dam olish kuni;
- 1-sentabr – Mustaqillik bayrami;
- 2-sentabr – yakshanba;
- 3-sentabr – ko‘chirilgan dam olish kuni;
- 4-sentabr – ko‘chirilgan dam olish kuni.

Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi (3 kun ketma-ket):

- 31-avgust – qo‘shimcha dam olish kuni;
- 1-sentabr – Mustaqillik bayrami;
- 2-sentabr – yakshanba.

Yangiliklar lentasi
0