Kurmanov Rossiya-O‘zbekiston aloqalarining hozirgi holatini a’lo deya baholadi

© Mejdunarodniy press-klubAlisher Kurmanov - Predsedatel Komiteta Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan po voprosam mejdunarodnix otnosheniy, vneshnix ekonomicheskix svazey, inostrannix investitsiiy i turizma
Alisher Kurmanov - Predsedatel Komiteta Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan po voprosam mejdunarodnix otnosheniy, vneshnix ekonomicheskix svazey, inostrannix investitsiiy i turizma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya aloqalari - strategik ahamiyatga ega aloqalardir, deb ta’kidlaydi senator Alisher Kurmanov

TOShKENT, 7 avg - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi senatori Alisher Kurmanov Toshkentda o‘tkazilgan matbuot-anjumani davomida O‘zbekiston-Rossiya aloqalarining hozirgi holatiga izoh berdi.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

"O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari darajasi haqida gap borganda faqatgina "a’lo", deya ta’rif berish mumkin. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar, bu uzoq muddatli istiqbollarga asoslangan, samimiy ittifoqdoshlik, strategik munosabatlardir. Rossiya Federatsiyasi O‘zbekistonning ishonchli hamkori va ittifoqdoshi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi", - deb ta’kidladi Kurmanov.

Senator, shuningdek, ayni vaqtda O‘zbekiston Senati raisining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.

"Tashrif muddati va boshqa masalalar hali qo‘shimcha muhokama etiladi. Chunki oldinda undanda kattaroq (Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi demoqchi, tahr.) tashrif turibdi", - dedi Kurmanov.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 7-avgust kuni Toshkentdagi Milliy matbuot markazida Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining 2018-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyatiga va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0