TOShKENT, 24-iyul - Sputnik. Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev orasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot xizmati.
“Suhbat davomida Putin o‘z hamkasabasiga mustahkam sog‘liq, baxt, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi”, - deyilgan xabarda.
Suhbatda Vladimir Putin O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyev boshqaruvi ostida iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish yo‘lidan ishonch bilan harakatlanayotganini hamda xalqaro va hududiy ishlarda o‘zining muhim o‘rnini egallayotganini qayd etdi.
Undan tashqari, Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy tashabbuslari evaziga, ikki mamlakat munosabatlari strategik hamkorlik va ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilganini ham aytib o‘tdi.
Shuningdek, Rossiya prezidenti O‘zbekistonda oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv muvaffaqiyatli o‘tishi va ikki mamlakat hamkorligi hajmini oshirishiga ishonch bildirdi.