“O‘zbekkonsert” to‘ylarda ijro etish tavsiya etiladigan qo‘shiqlar ro‘yxatini tuzadi

© flickr.com/ ChuWeiHunG IPhotoJenix i nevesta na brakosochetanii
Jenix i nevesta na brakosochetanii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni damda muassasa ushbu ro‘yxatga kiritiladigan qo‘shiqlar borasida aholi takliflarini kutmoqda.

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi to‘ylarda ijro etish tavsiya qilinadigan qo‘shiqlar ro‘yxatini tuzishga qaror qilgan. Bu haqida muassasa axborot xizmati xabar qilmoqda.

Mikrofon dlya vistupleniy - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekkonsert” Rayhon, Tohir Sodiqov va boshqa xonandalarni ogohlantirdi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ijro etish tavsiya etiladigan qo‘shiqlar ro‘yxatini tuzishda barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin. "O‘zbekkonsert" takliflarni sayt yoki telefon orqali qabul qilishga tayyor.

"Aziz yurtdoshlar! “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan to‘y-hashamlarda kuylanadigan qo‘shiqlar bo‘yicha tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan maxsus yo‘riqnoma ishlab chiqilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu borada sizning takliflaringiz muhim ahamiyatga ega. Siz to‘y-hashamlarda qaysi yo‘nalishda va qanday ijro uslubida kuylangan qo‘shiqlarni tinglashni istaysiz? Ushbu so‘rovnoma bo‘yicha o‘z takliflaringizni uzbekkonsert.xm@umail.uz yoki +998951942323 telefon raqamiga ochilgan telegram messenjeriga yuborishingizni so‘raymiz", - deyilgan xabarda. 

Biroz oldin “O‘zbekkonsert” to‘ylarga taklif qilish tavsiya etiladigan xonandalar ro‘yxati va narxlarini e’lon qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, yuqorida keltirilgan choralar O‘zbekistonda aholi orasida to‘ylar uchun ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish, ularni kamtarona ravishda o‘tkazishni targ‘ib qilish  siyosati doirasida amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0