TOShKENT, 5 avg – Sputnik. Tadbirkor Jahongir Umarovning onasi Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilib haqiqat qaror topishida yordam berishni so‘radi, deb xabar qilmoqda Uznews.uz nashri.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentlik tadbirkor Jahongir Umarov, 2018-yilning 22-yanvarida narkotik moddalarni noqonuniy tayyorlashda ayblanib, qamoqqa olingan edi. Sudda Umarov ayblovlarni tayziq ostida bo‘yin olishga majbur bo‘lganini aytgan edi.
Youtubeda joylashtirilgan videolavhada Jahongir Umarovning 80-yoshli onasi Muyassar Umarova prezident Shavkat Mirziyoyevdan o‘g‘lini tuhmat balosidan qutqarib, o‘z himoyasiga olishni so‘ragan.