Toshkent shahar IIBB tadbirkor kaltaklangani haqidagi xabarni rad etdi

© AP Photo / Anvar IlyasovUzbekskie militsioneri vozle doma
Uzbekskie militsioneri vozle doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq OAVda "Integral Invest" korxonasi rahbarini qo‘lga olish chog‘ida u huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan kaltaklangani haqida xabar tarqalgandi.

TOShKENT, 21-iyul - Sputnik. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan tadbirkor Jahongir Umarov kaltaklangani haqidagi xabarni rad etdi.

Avvalroq OAVda "Integral Invest" korxonasi rahbarini qo‘lga olish chog‘ida u huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan kaltaklangani haqida xabar tarqalgandi.

"Umarov ishlaydigan ofisda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar chog‘ida uning yonidan umumiy og‘irligi 10,22 gramm bo‘lgan “opiy” giyohvandlik moddasi aniqlangan va musodara qilingan. Qo‘lga olish chog‘ida uning tanasida gematomalar va tirnalgan izlar aniqlangan, bu qo‘lga olingan shaxsning hujjatli tushuntirishi bilan tasdiqlanadi", – deyiladi ShIIBB xabarida.

Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish ochildi. Dastlabki tergov davomida Umarovning harakatlari Jinoyat kodeksining 276-moddasi, 2-qismi, a-bandi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bo‘yicha belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0