Iqtisod

Oʻzbekiston va Afgʻoniston yuklarni tranzit tashishga kelishib oldi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka oʻtishRabochiye gruzyat tovar v furu, arxivnoye foto
Rabochiye gruzyat tovar v furu, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Hujjat yuklarni tashish borasida qulay sharoitlarni yaratishga, Oʻzbekistonning trazit salohiyatini oshirish va ikki davlat oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga yoʻnaltirilgan.

TOSHKENT, 4 avg – Sputnik. Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida yuklarni tranzit tashish toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi, deb xabar berdi Oʻzbekiston TIV.

V AK Uzbektelekom proshli peregovorы s rukovodstvom telekommunikatsionnogo operatora Afghan Wireless Communication Company (AWCC) - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston Afgʻonistonga internet xizmatlarini eksport qiladi

Vazirlikning bildirishicha, bitim tomonlarning ikki davlat hududi orqali yuklarni transit tashishni amalga oshirishdagi rasmiyatchiliklarni qisqartirish va mexanizmlarini belgilash boʻyicha hamkorligi uchun huquqiy asos yaratadi.

"Ushbu hujjat qoidalariga koʻra tomonlar bir-birlariga oʻz davlatlari hududlari orqali yuklarni tranzit tashish huquqini taqdim etadilar hamda temir yoʻl orqali tranzit tashishda yuklar hajmining oldindan muvofiqlashtiruvini amalga oshiradilar", - deyiladi xabarda.

Hujjat yuklarni tashish borasida qulay sharoitlarni yaratishga, Oʻzbekistonning trazit salohiyatini oshirish va ikki davlat oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga yoʻnaltirilgan.

Mazkur bitim 2017 yilning 5 dekabr kuni Afgʻoniston prezidenti Muhammad Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi chogʻida imzolangan.

Yangiliklar lentasi
0