TOShKENT, 25-iyul - Sputnik. “O‘zbektelekom” AK va Afg‘onistonning Afghan Wireless Communication Company (AWCC) telekommunikatsiya operatori bilan internet xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Bu haqda “O‘zbektelekom” matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar 24-iyul kuni bo‘lib o‘tdi.
"Uchrashuvda hamkorlik memorandumi imzolandi va O‘zbekiston / Afg‘oniston xalqaro chegara punktlarida “O‘zbektelekom” AK va AWCC tarmoqlari o‘rtasida yangi xalqaro chegara qo‘shma qurilishi bo‘yicha bitim imzolandi. Ushbu bitim Afg‘onistonga xalqaro internet tarmog‘i xizmatlarini eksport qilish imkoniyatini beradi", - deyiladi xabarda.
Muzokaralar davomida tomonlar shuningdek o‘zaro telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish bilan bog‘liq texnik va tijorat masalalarini ham muhokama qildi.