Toshkentliklar taksiga qancha vaqtlarini sarflashadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobil Yandex Taxi
Avtomobil Yandex Taxi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taksida yurishning o‘rtacha davomiyligi 18 daqiqa 17 soniyani, o‘rtacha masofa 3,7 kmni, o‘rtacha narx esa 1000 so‘mni tashkil etadi.

TOShKENT, 2 avg - Sputnik. inDriver yo‘lovchi tashish mobil servisi toshkentliklar bir yilda 60 soat vaqtini taksida o‘tkazishlarini aniqladi.

inDriver tadqiqot davomida Toshkent aholisi qachon va qaysi yo‘nalishlarda taksiga buyurtma berishlarini va qancha vaqt yurishlarini tahlil qilib chiqdi.

Toshkentda 20dan ziyod noqonuniy “Yandeks.Taksi” avtomobillari jarima maydoniga jo‘natildi

Statistikaga ko‘ra, Toshkent aholisi haftasiga o‘rtacha 3-4 marta taksiga buyurtma beradi. Dam olish kunlarida ish kunlaridagiga nisbatan ikki marta ko‘proq buyurtma beriladi.

Taksida yurishning o‘rtacha davomiyligi 18 daqiqa 17 soniyani, o‘rtacha masofa 3,7 kmni, o‘rtacha narx esa 1000 so‘mni tashkil etadi.

Eng ko‘p buyurtma ertalab soat 8-9ga hamda 17-19ga to‘g‘i keladi. Dam olish kunlari 18dan 22ga qadar taksilar band bo‘ladi.

Eng ko‘p buyurtmalar Sergeli, Yunusobod, Qo‘yliq, Chilonzor tumanlaridan va Shota Rustaveli ko‘chasidan tushadi.

Eng ko‘p boriladigan manzillar esa Qo‘yliq bozori, aeroport, "Vodnik" dahasi, Janubiy vokzal, TTZ "Diadora", Sergeli 8-a, Sergeli 7, "Malika" savdo markazi hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0