Toshkent IIBB delegatsiyasi Koreya politsiyasi ish faoliyati bilan tanishdi

© Press-slujba GUVDVizit delegatsii GUVD Tashkenta v Koreyu
Vizit delegatsii GUVD Tashkenta v Koreyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiya a’zolari Koreya Respublikasi politsiyasi milliy agentligida bo‘lib, Bosh komissar janob Min Gab Reng bilan muzokara olib bordilar.

TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Toshkent shahar IIBB delegatsiyasi Janubiy Koreyaga tashrif buyurdi.

Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Puchon universiteti tashkil etildi

"Tashrifdan ko‘zlangan maqsad ushbu mamlakat politsiyasi faoliyatini o‘rganish, tajriba almashish, jamoat tartibini saqlash yuzasidan o‘zaro fikr almashish", - deyilgan Toshkent IIBB xabarida.

Tashrif davomida har ikki mamlakat ichki ishlar organlari vakillarining qator uchrashuvlari o‘tkazilib, ularda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish va shu orqali jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash sohasidagi istiqboldagi rejalar muhokama etilmoqda.

Tashrif mobaynida delegatsiya a’zolari Koreya Respublikasi politsiyasi milliy agentligida bo‘lib, Bosh komissar janob Min Gab Reng bilan muzokara olib bordilar.

Unda ikki do‘st mamlakat o‘rtasida iliq munosabatlar o‘rnatilgani, ularni yanada mustahkamlashdan tomonlar manfaatdor ekanliklari qayd etildi. Shuningdek, Seul shahri politsiya agentligi komissari Li Ju Min builan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent shahar IIBB vakillariga ushbu tashkilotning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, jumladan patrul-post va yo‘l-patrul xizmati, ularning texnik va transport vositalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Zarubejnie strani: Yujnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Koreyada ishlash uchun testdan muvaffaqiyatli o‘tganlar hujjatlarini taqdim etishlari so‘ralmoqda

Delegatsiya a’zolari Seul shahri meriyasi (hokimligi)da bo‘lib shahar ma’muriyati a’zolari bilan uchrashdilar va “Seul boshqaruv markazi” intelektual tizimi bilan tanishdilar. Bo‘lib o‘tgan brifingda esa mehmonlarga “Xavfsiz shahar” tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, delegatsiya a’zolari Yeksam politsiya uchastkasi, “U-Gangnam” videokuzatuv nazorat markazi va “112” vaziyatlar markazi hamda “Transport nazorati markazi”da bo‘lib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Yangiliklar lentasi
0