AKT vazirligi "aqlli tizimlar" sohasida Saudiya kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

Obuna bo‘lish
Uchrashuvda elektron tijorat, onlayn to‘lov, raqamli savdo maydonchalari uchun "aqlli tizim"larni ishlab chiqarish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Saudiya Arabistonining Ajlan & Bros. kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Mujchina sidit u kompyutera - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston AKT sohasi jadal rivojlanayotgan mamlakat deb e’tirof etildi

Xabarda aytilishicha, 31-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Ajlan & Bros. kompaniyasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda elektron tijorat, onlayn to‘lov, raqamli savdo maydonchalari uchun "aqlli tizim"larni ishlab chiqarish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

“Kompaniya faoliyatini xalqaro bozorga olib chiqib maqsadida ayni kunlarda uzoq muddatli va barqaror aloqalar o‘rnatish uchun ishonchli hamkorlarni izlayapmiz. O‘zbekistonda xorijiy kompaniyalarning faoliyat ko‘rsatishi uchun mavjud sharoitlarni hisobga olib, biz bu yerda loyihalarimizni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganmoqdamiz”, - dedi Ajlan & Bros. kompaniyasi bosh menejeri Muhammad Alhas.

Tomonlar aloqalarni ishchi tartibda davom ettirishga kelishib oldilar.

Yangiliklar lentasi
0