TOShKENT, 31-iyul - Sputnik. Moskvada liftda yosh ayolni yalagan chet ellik qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda NTV telekanali "Moskva" shahar yangiliklari agentligiga tayangan holda
Nashrga bu haqda Moskva shahar huquq organlari xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, 29 yashar moskvalik ayol o‘z uyida notanish erkak bilan liftda ko‘tarilayotgan bo‘lgan.
Lift harakatlanayotgan mahalda notanish erkak qizning qo‘llari va yelkalarini yalab, unga suykala boshlagan va qorni hamda sonlaridan ushlagan.
Shunda ayol erkakni itarib yuborib, kvartirasi joylashgan 16-qavatda liftdan chiqqan. Notanish erkak esa tepaga ko‘tarilgan. Ayol shu yerning o‘zida politsiyachilarni chaqirgan.
Yetib kelgan tezkor guruh ayol tomonidan ishora qilingan erkakni qo‘lga olganlar. U 35 yashar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqqan. Yuz bergan hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda, jinoyat ishini ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.