TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Migrantlar Rossiya qamoqxonalaridagi mahbuslarning jami besh foizini tashkil qiladi, deb xabar qildi Rossiya jazoni ijro etish xizmati burosi rahbarining sobiq o‘rinbosari Salix Shamsunov.
Rossiya qamoqxonalarida jami 29 ming chet ellik jazo muddatini o‘tamoqda. Ularning kattagina qismi og‘ir jinoyatlar uchun jazo muddatini o‘tashmoqda.
"Qamoq jazosi berilgan migrantlar orasida birinchi o‘rinda Tojikiston fuqarolari, ikkinchi o‘rinda O‘zbekiston, undan keyingi o‘rinlarda Ukraina va Ozarbayjon turibdi", — dedi u.
Intervyuni to‘liq quyidagi havolada ilova qilingan podkast orqali tinglashingiz mumkin.