"O‘zavtosanoat" raisi: yil oxirida mashinalar ishlab chiqarish 9 foizga arzonlashadi

© Novosti UzbekistanaKak delayut avtomobili GM Uzbekistan
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Umurzoqov shu yil yakuniga qadar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan mashinalar soni haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik.  "O‘zavtosanoat" AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida mashinalar ishlab chiqarishni arzonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Partiya avtomobiley GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zavtosanoat" raisi: 1-avgustdan GM Uzbekistan mashinalari narxi oshadi

"Asaka zavodida ilgari tarixda bo‘lmagan narsa, ya’ni mashinani butlovchi qismlarini, chet etda butlovchilarni yetkazib beradigan zavod direktorlari bilan gaplashib, 20 foizgacha butlovchi qismlarni narxini tushirishga kelishib oldik. Buni bosqichma-bosqich amalga oshiramiz. Birdaniga qilib bo‘lmaydi. Sababi ularning hammasi kreditda o‘tirgan tashkilotlar. Buni to‘g‘ri tushunishimiz kerak", - dedi Umurzoqov.

Shavkat Umirzoqov yil yakuniga qadar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan mashinalar soni haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

"Butlovchi qismi yil oxirigacha tushirib boramiz, bu o‘z o‘rnida avtomashinani ishlab chiqarish narxini 9 foizga tushiga olib boradi. Bundan tashqari bu avtomashinalarni ishlab chiqarish 220 mingtaga, ya’ni hozir qo‘shimcha yil oxiriga qadar 140 mingta mashina ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz. Kisqa muddatda hali tarixda buncha mashina ishlab chiqarilmagan. Zavod direktorlari bilan kelishildik, birortasi bu oldimizga qo‘yilgan maqsadga to‘siqlik qilmaydi. Ehtiyot qismlarni o‘z vaqtida yetkazib beradi. Biz esa mashinalarni o‘z vaqtda ishlab chiqarib, xalqqa yetkazamiz", - deb qo‘shimcha qildi Umurzoqov.

Yangiliklar lentasi
0