Qozog‘iston avtosanoati O‘zbekiston bozoriga kirish uchun davlatdan yordam so‘ramoqda

© Sputnik / Said SarnayevKazaxstan planiruyet nachat postavki avto v Uzbekistan
Kazaxstan planiruyet nachat postavki avto v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“KazAvtoProm” ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilning birinchi yarmida mamlakatda 14,6 mingdan ortiq transport vositasi ishlab chiqarildi.

TOShKENT, 27-iyul - Sputnik. O‘zbekiston bozoriga kirish uchun Qozog‘iston avtosanoatiga chetga yetkazib berishni eksportdan oldin moliyalashtirish va davlatning qator subsidiyalari talab qilinadi, dedi "KazAvtoProm" uyushmasi rahbari Oleg Alferov.

“O‘zbekistonda sohamiz salohiyatini ro‘yobga chiqarish istiqbollari mavjud. Ammo ichki tusdagi to‘siqlar mavjud. Ular yetkazib berish va sertifikatlashtirish xarajatlarini kamaytirish zarurati bilan bog‘liq. Bu muammolarni hal etish davlat tomonidan kompleks qo‘llab-quvvatlashni talab qiladi. Gap xorijga yetkazib berishni eksportdan avval va eksportni moliyalashtirish, transportirovkani subsidiyalash, yetkazib berishni sug‘urtalash hamda debitor qarzdorligi haqida bormoqda”, - dedi u.

Sborka samosvala BelAZ - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston-O‘zbekiston hamkorlikda maxsus texnika ishlab chiqaradi

Uning aytishicha, mazkur amallar hozir Rossiyada amalga oshirilmoqda, deb yozadi Podrobno.uz.

“Ulardan Qozog‘istonda ham foydalanish mumkin edi. Biz bu tajriba o‘zimizda amalga oshirilishini istaymiz. Eksport ta’minotini amalga oshirish bo‘yicha davlatning qo‘llab-quvvatlovi zarur, agar u sezilarli hajmda bo‘lmasa, tashqi bozorlarga chiqish imkoni bo‘lmaydi”, - ta’kidladi uyushma rahbari.

“KazAvtoProm» ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilning birinchi yarmida mamlakatda 14,6 mingdan ortiq transport vositasi ishlab chiqarildi.

Yangiliklar lentasi
0