Qozog‘iston-O‘zbekiston hamkorlikda maxsus texnika ishlab chiqaradi

© Sputnik / Yegor Yeremov / Mediabankka o‘tishSborka samosvala "BelAZ"
Sborka samosvala BelAZ - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki davlat korxonalari tomonidan hamkorlikda avtokran, samosval, neft mahsulotlarini tashuvchi yuk mashinalari ishlab chiqariladi

TOShKENT, 12 dek — Sputnik. "Tinis" zavodi (Qozog‘iston) va "Krantas Group" (O‘zbekiston) qurilish va sanoat maxsus texnikalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishmoqchi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.

Zavod Hyundai v Yujnoy Koree - Sputnik O‘zbekiston
Hyundai O‘zbekistonda qanday avtomobil ishlab chiqarishi ma’lum bo‘ldi

"Og‘irligi 16-100 tonna yukni ko‘taruvchi avtokranlar, kran-manipulyatorlar, samosvallar, neft mahsulotlarini tashuvchi avtotsisternali avtomashinalar ishlab chiqariladi. Yuk transporti Qozog‘istonda eng zamonaviy va ilg‘or texnologiyalar asosida ishlab chiqariladi", — deyilgan xabarda.

Tomonlar mahalliy bozor talabini o‘rganish maqsadida marketing tadqiqotlar o‘tkazilgan. Shundan so‘ng texnik va konstruktorlik hujjatlarini tayyorlangan. Bugungi kunda "Tinis" zavodida ishlab chiqarish maydonchasini tayyorlash ishlari bajarilmoqda.

"Tinis" AJ bosh direktorii Kayrat Kalmanbayev so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat tomonidan ishlab chiqariladigan texnikalar Qozog‘iston va O‘zbekiston mashinasozlik sohasida hamkorlikni yanada rivojlantiradi.

Vw Amarok - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda Volkswagen Amarok avtomobillari ishlab chiqariladi

Shu yil sentabr oyida Qozog‘iston-O‘zbekiston II biznes anjuman doirasida "Qozog‘iston injiniring" va "Krantas Group" MChJ hamkorlik memorandumi imzolangandi.

"Tinis" korxonasi "Qozog‘iston injiniring" MKning shu’ba korxonasi hisoblanadi. Korxona boshqaruvi Qozog‘iston mudofaa va aerokosmik sanoati vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

"Krantas Group" MChJ — O‘zbekistondagi yirik korxonalarida biri hisoblanadi. Ushbu korxona qurilish va sanoat uchun mo‘ljallangan maxsus texnikalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Yangiliklar lentasi
0