Toshkentda “Samoviy shahar” paydo bo‘ladi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Tokio
Goroda mira. Tokio - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qurilish ishlari 5 oydan so‘ng – uchastka to‘liq tasdiqlanganidan keyin boshlanishiga qaror qilindi.

TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. Toshkentda SF Global kompaniyasining Sky city (“Samoviy shahar”) binolari majmui quriladi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, loyihaga kiritiladigan sarmoyalarning umumiy miqdori 500 million dollarni tashkil etadi.

Variant maketa Tashkent City - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 200 metrlik osmono‘par bino quriladi

“Investorlar bu mablag‘larning yarmini obodonlashtirishga yo‘naltirishga tayyor. Keng yer maydonida balandligi 30-40 qavatlik zamonaviy binolar majmuini qurish rejalashtirilmoqda. Ulardan biri mehmonxona, 5 tasi – ofislar va 6 tasi turar joy binolari bo‘ladi”, - deyiladi xabarda.

Qurilish ishlari 5 oydan so‘ng – uchastka to‘liq tasdiqlanganidan keyin boshlanishiga qaror qilindi.

Axborot xizmatining bildirishicha, 28-iyul kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J. Ortiqxo‘jayev o‘tkazgan “Ochiq eshiklar kuni”da taqdim etilgan loyihalarning 35%i joyida ma’qullandi, qolgan investorlarga muqobil uchastka va obyektlar taklif qilinadigan bo‘ldi.

Tadbirda umumiy qiymati 591 mln dollarlik (bundan $173 millioni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar) 62 loyiha taqdim etildi.

 

Yangiliklar lentasi
0