TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. "Tashkent City"ning 80 gektarlik hududida 200 metr uzunlikda bo‘lgan 45 qavatli osmono‘par bino quriladi. Bu haqda Tashkent City loyihasi Facebookdagi sahifasida ma’lumot berilgan.
Ushbu majmuada "A+" sinfdagi biznes-markazlari, besh yulduzli Ritz Carlton oteli hamda butiklar galereyasi joylashadi.
Tashkent City loyihasi sahifasida osmono‘par binolarning variantlari qo‘yilgan. Internet foydalanuvchilari aksariyati birinchi variantdagi binoni qo‘llab-quvvatlashgan.
Qurilish Murad Buildings kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Bino O‘zbekistonda eng baland turar joy inshooti bo‘ladi. Muhandislikning eng asosiy vazifasi – inshootning mustahkamligi. Mutaxassislar mintaqaning seysmiy xususiyatini hisobga olishadi.
Qurilishga halqaro mutaxassislar jalb qilingan. Xorijiy sheriklar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan.
Osmono‘par binoning restoranidagi kuzatuv maydonchasidan shaharning ajoyib manzarasini kuzatish mumkin.
"Majmuaning quyi qavatlarida tantanalar zali, SPA salon, fitnes-klub, restoran, maishiy xizmat ko‘rsatish markazlari va avtoturargoh joylashadi", - deyilgan xabarda.
Qurilish ishlari 2018-yil noyabr oyida boshlanadi.
Bundan avval, Tashkent City loyihasiga xorijiy kompaniyalr 1,3 milliard dollar investitsiya kiritishga tayyor ekanligi haqida xabar berilgandi. Loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi, birinchi bosqichni 2,5 yildan so‘ng yakunlash rejalashtirilgan