Urganch xalqaro aeroporti 10-avgust kuni ishga tushiriladi

Obuna bo‘lish
Urganch xalqaro aeroportining texnik sabablar va harorat rejimi bo‘yicha 16-iyuldan vaqtincha yopilgandi.

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Urganch xalqaro aeroporti 10-avgust kuni ishga tushiriladi. Bu haqda Xorazm viloyati hokim vazifasini bajaruvchi Farxod Ermanov Facebook sahifasida ma’lum qilgan.

Yujniy vokzal Tashkenta posle rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston
“Toshkent-Urganch-Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Shu haftada viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanov olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida mutasaddilar bilan joyiga borib uchrashdi.

Hozirda Urganch xalqaro aeroportida sun’iy uchish-qo‘nish yo‘lagining asfalt qoplamasini almashtrish bo‘yicha ta’mirlash ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

"Bu yerda ta’mirlash ishlari "Xorazmyo‘lqurilish" unitar korxonasi tomonidan 24 soat davomida 50 dan ortiq maxsus texniklar yordamida olib borilmoqda. Urganch xalqaro aeroportining 10-avgust kuni ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda"- deb yozgan Ermanov.

Eslatib o‘tamiz, Urganch xalqaro aeroportining texnik sabablar va harorat rejimi bo‘yicha 16-iyuldan vaqtincha yopilgandi. Shu sababli Urganch aeroportidan amalga oshirilayotgan reyslar Nukus va Buxoro aeroportlariga ko‘chirildi.

 

Yangiliklar lentasi
0