“Toshkent-Urganch-Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovYujniy vokzal Tashkenta posle rekonstruksii
Yujniy vokzal Tashkenta posle rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘shimcha qo‘yilgan poyezd Urganch tomon Toshkent-Janubiy vokzalidan yo‘lga chiqadi.

TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. “Toshkent-Urganch-Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar berdi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati.

Xabarda bildirilishicha, qo‘shimcha qo‘yilgan №256/255-sonli poyezd 17, 19, 21, 23, 25-iyul kunlari Toshkent-Janubiy vokzalidan Urganch tomon soat 14:30da yo‘lga chiqadi. 19, 21, 23, 25, 27-iyul kunlari esa Urganch vokzalidan poytaxtga soat 10:00da qaytadi.

"Qo‘shimcha ma’lumotlarni joylardagi hududiy temir yo‘l ma’lumotxonalaridan bilib olishingiz mumkin", deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0