Murod Raimov: shu yil 6 oyida 60 dan ortiq odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar aniqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMurat Raimov
Murat  Raimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yil 6 oyida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarda 161 nafar fuqaro jabrlangan.

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik.  Xalqaro press-klub yig‘ilishida ichki ishlar organlari tomonidan odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Ashita Mittal - Sputnik O‘zbekiston
Odam savdosidan jabrlanganlar asosan yoshlarni tashkil qiladi - Ashita Mittal

Sessiyada Ichki ishlar vazirligi odam savdosi va noqonuniy migratsiyasiga qarshi kurash bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Murod Raimov so‘zga chiqdi.

Murod Raimov so‘zlariga ko‘ra, joriy yil 6 oylik hisobotga ko‘ra, jami odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha 60 tadan ortiq holat aniqlangan bo‘lib, shulardan 161 nafar fuqaro jabrlangan.

Ushbu jinoyatlarni barvaqt oldini olish, aniqlash bo‘yicha ichki ishlar tizimida 2017-yil mart oyidan boshlab bir qator islohotlar o‘tkazildi.

Islohotlar natijasida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi tizimi yaratildi. Uning negizida odam savdosi va noqonuniy migratsiyasiga qarshi kurash bosh boshqarmasi tashkil topdi. Viloyatlarda, shahar va tumanlarda ushbu yo‘nalish bo‘yicha xizmat olib boradigan tezkor vakillar ajratildi.

Mejdunarodniy press-klub provel spetsialnuyu sessiyu, posvashennuyu Vsemirnomu dnyu borbi s torgovley lyudmi - Sputnik O‘zbekiston
Xalqaro press-klubda odam savdosi va noqonuniy migratsiya mavzuyida sessiya bo‘lib o‘tdi

Bu yo‘nalishda yo‘l xaritalari ishlab chiqilgan. Ularga asosan ushbu jinoyat girdobi ta’siriga tushmaslik uchun har bir tuman, shahar, viloyatlarda, qishloq, ovullarda tushuntirish ishlari, turli aksiyalar, seminarlar, sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

“Ushbu turdagi jinoyatlar soni bu yilgi davrda solishtiradigan bo‘lsak, o‘tgan yilga nisbatan 55 foizga kamaygan. Shu turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga keskin choralar ko‘rib, chet davlatlardagi rahnamolari,ularni kutib oluvchi, jo‘natuvchi, sharoit yaratib beruvchi shaxslarni aniqlash tezkor tadbirlari amalga oshirilmoqda. Jabr ko‘rganlarga esa respublikada tashkil etilgan reabilitatsiya markaziga yo‘llanmalar berilib, ularga ruhiy, ma’naviy, tibbiy ko‘riklardan o‘tkazib, ularni yana jamiyatga qaytarish, ruhiy singan holatini o‘ziga keltirish choralari ko‘rilmoqda”, - deb yakun yasadi Murod Raimov.

Yangiliklar lentasi
0