Endi avtomobillarni 30 kunga ijaraga berishni notarial tasdiqlash talab etilmaydi

© uzbektourism.uzV Uzbekistane poyavitsya usluga arendi avtomobilya
V Uzbekistane poyavitsya usluga arendi avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtomototransport vositalarini o‘ttiz kungacha bo‘lgan muddatga ijaraga berish shartnomalarini notarial tasdiqlash shart emas.

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, deb xabar qildi "Huquqiy axborot" kanali. 

Avtomobil  BMW 511 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 527 va 648 million so‘mlik antiqa avtomobillar sotuvga qo‘yildi

Qonun bilan bir qator qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga muvofiq endilikda avtomototransport vositalarini o‘ttiz kungacha bo‘lgan muddatga ijaraga berish shartnomalarini notarial tasdiqlash shart emas.

Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini ijaraga berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan yuridik shaxslar jismoniy shaxslar bilan yengil avtomobillar va mototransport vositalarini o‘ttiz kungacha bo‘lgan muddatga ijaraga berish shartnomalarini oddiy yozma shaklda tuzishlari mumkin.

Mazkur o‘zgartirish Adliya vazirligi tomonidan ijara bozorini rivojlantirish, jumladan ichki va tashqi turistlar uchun avtomobil turizmini ustuvor rivojlantirish va ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida taklif etilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0