TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda antiqa avtomobillardan ikkitasi boshlang‘ich narxlar bilan E-ijro Auksion yagona elektron savdo maydonchasida sotuvga qo‘yildi.
Ulardan birining boshlang‘ich narxi 527 million so‘m, ikkinchisiniki esa 648 million so‘m deb belgilandi.
Mazkur auksionda qatnashish uchun avtomobillar boshlang‘ich qiymatining 5 foizi miqdorida zakalat puli (tegishli ravishda 26 million va 32 million so‘m) to‘lash kerak.
Ushbu antikvar transport vositalari sud qarori bilan auksionga qo‘yilgan.
Arizalar 31-iyulga qadar qabul qilinadi. Kimoshdi savdosi 2-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.