Samarqand davlat universitetida masofaviy o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

© Sayt SamGuSamarkandskiy Gosudarstvenniy universitet
Samarkandskiy Gosudarstvenniy universitet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018-2021 yillarda Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

Tashkentskiy universitet informatsionnix texnologiy - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘qitishning kredit tizimi joriy etildi

Qaror bilan 2018-2021 yillarda Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturda, xususan Universitetda masofaviy o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan.

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Samarqand davlat universiteti kadrlar buyurtmachilarining talablaridan kelib chiqqan holda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalarining umumkasbiy fanlari blokidagi mavjud fanlar hajmini qisqartirish hisobiga ixtisoslik fanlari blokida mavjud fanlar hajmini 30 foizgacha oshirib, o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqadi hamda amaliyotga joriy etadi.

Yangiliklar lentasi
0