Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘qitishning kredit tizimi joriy etildi

© Press-slujba prezidenta RUzTashkentskiy universitet informatsionnix texnologiy
Tashkentskiy universitet informatsionnix texnologiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kredit tizimida talabaning ma’lum o‘quv kursini o‘zlashtirish darajasi turli mezonlar asosida belgilanadigan ma’lum miqdordagi kreditlar summasini yig‘ishiga bog‘liq bo‘ladi.

TOShKENT, 25-iyul – Sputnik. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida va uning filiallarida 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘qitishning kredit tizimi joriy etildi.

Interaktivnaya vistavka Robostansiya na VDNX - Sputnik O‘zbekiston
TATU va Yaponiya oliygohi sun’iy ong va robototexnika bo‘yicha dasturlar ishlab chiqadi

Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar qilinishicha, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, universitet va uning filiallari tarkibidagi akademik litseylarning ta’lim dasturlari zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish asosida matematika, fizika, chet tili va axborot texnologiyalariga oid fanlar chuqur o‘qitilishi nazarda tutilgan holda ishlab chiqiladi.

Kanalning eslatishicha, kredit tizimida talabaning ma’lum o‘quv kursini o‘zlashtirish darajasi turli mezonlar asosida belgilanadigan ma’lum miqdordagi kreditlar summasini yig‘ishiga bog‘liq bo‘ladi.

Yig‘iladigan umumiy kreditlar talabaning darslardagi faol ishtiroki, muayan o‘quv kursi davomida olingan test natijalari, ilmiy izlanishlar, og‘zaki va yozma imtihonlar, amaliyot natijalari asosida belgilanadi.

Yangiliklar lentasi
0