TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Mohirxo‘ja Valiyev "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati raisi lavozimiga tayinlandi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.
U bunga qadar "US ATI" mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori lavozimida ishlagan.
Mohirxo‘ja Valiyev 1983-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
2014-2017 yillarda - "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati raisining moliyaviy iqtisodiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2017-yilda - "AZIA ABM TRANS" mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida ishlagan.