TOShKENT, 24-may — Sputnik. Toshkent shahrida 118- va 7B yo‘nalishlaridagi (Toshkent vokzali a/s — Nurafshon ko‘chasi) avtobuslar qatnovi to‘xtatildi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ xabar bermoqda.
Shuningdek, 151-yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishi nomi o‘zgardi — u endilikda "Chilonzor buyum bozori — Yunusobod 19-dahasi bekati" deb nomlanadi. Harakatlanish jadvali soat 6:00dan 21:00gacha etib belgilangan.
Bundan tashqari, Yakkasaroy tumanida Shota Rustaveli va Muqimiy qo‘chalari kesishmasidagi transport o‘tkazgichini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlangani munosabati bilan 32-,132- va 135-yo‘nalishlardagi avtobuslarning harakatlanish trassasi o‘zgardi.