TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. Qirg‘izistonning Cho‘pon Ota shahrida 20-22-iyul kunlari Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Uchrashuvda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirlari jamlanib, 2018-yilning 15-martida Ostonada bo‘lib o‘tgan maslahatlashuv yakunlarini mustahkamlashga doir masalalarni muhokama qilishdi.
Xususan, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollarini, xavfsizlikni ta’minlash, chegara, transport va tranzit aloqalari, suv-energetika manbalaridan foydalanish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik va boshqalar.
Uchrashuv kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan edi:
- Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi davlat chegaralarini xalqaro huquqiy rasmiylashtirish hamda mintaqadagi hududlararo va chegaraoldi hamkorlikning faollashishidagi ijobiy o‘sish;
- Xalqaro terrorizm va ekstremizm, narkotiklarning noqonuniy aylanishi, uyushgan transmilliy jinoyatlar hamda mintaqaviy xavfsizlikning tahdidlariga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni, jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning zaruriyati;
- Savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash, o‘zaro savdoni ko‘paytirish uchun qulay sharoitlar yaratish zarurligi, mintaqa ichidagi investitsion hamkorlikni olg‘a surish;
- Mintaqaning tranzit imkoniyatlarini kengaytirish, mintaqa davlatlarining iqtisodiy hamkorligi mustahkamlanishiga, transport infratuzilmasining rivojlanishiga va transport kommunikatsiyalari orqali tranzit yuk tashishni yo‘lga qo‘yishga imkon yaratish;
- Markaziy Osiyoda suv-energetika manbalaridan kompleks foydalanish. Mazkur sohada mintaqaning barcha mamlakatlari qiziqishlaridan va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, o‘zaro manfaatli hamkorlikning barqaror uzoq muddatli mexanizmlarini ishlab chiqish zarurati;
- Markaziy Osiyo davlatlari xalqlarining madaniyati, tarixi va tillari mushtarakligini qayd etdilar hamda ta’lim, madaniyat, san’at, fan, turizm va boshqa sohalardagi davomiy hamkorlikni rivojlantirish;
Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining keyingi uchrashuvi Tojikiston Respublikasida o‘tkazilishi belgilab olindi.