Abdulaziz Kamilov Qatar delegatsiyasini qabul qildi

© Mejdunarodniy press-klubMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar vazirligida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar, sayyohlik va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Qatar kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. 2018-yil 17-iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qatar davlati Tashqi ishlar vazirligining Osiyo ishlari bo‘yicha departamenti boshlig‘i Halid Ibrahim al-Hamar rahbarligidagi delegatsiyasni qabul qildi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Goroda mira. Doxa - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov Qatar bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Qatarning yetakchi vazirlik va idoralari, iqtisodiy tuzilmalari rahbarlaridan iborat delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi va O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining 2018-yil 2-4 iyul kunlari Doha shahriga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qilmoqda.

Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar, sayyohlik va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Qatar kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyani tuzish va ishga tushirish, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning ikkinchi raundini o‘tkazishga roziliklarini tasdiqladilar.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston rahbariyati Qatar fuqarolari uchun ham uchinchi davlatga tranzit orqali ketayotganda O‘zbekiston hududida 5 kun vizasiz bo‘lish imkoniyati yaratilgani Qatarda mamnuniyat bilan qabul qilindi.

Afg‘oniston bo‘yicha konferensiya qatnashchilari birgalikdagi rasmi. - Sputnik O‘zbekiston
Tinchlik uchun: Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro anjumani foto-suratlari

Qatar delegatsiyasiga 2018-yil 6-10 sentabr kunlari Shahrisabzda bo‘lib o‘tadigan birinchi xalqaro maqom san’ati forumiga taklifnoma taqdim etildi.

Uchrashuvda, shuningdek, ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

2018 yil 27-mart kuni Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha xalqaro konferentsiyaning barcha ishtirokchilari tomonidan ma’qullangan Toshkent deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirishda O‘zbekiston-Qatar hamkorligiga ijobiy baho berildi va bu yo‘nalishda sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga kelishib olindi.

Yangiliklar lentasi
0