O‘zbekistonda  Atom energetikasini rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishUchastok izgotovleniya toplivnix tabletok dioksida urana
Uchastok izgotovleniya toplivnix tabletok dioksida urana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zatom" atom energetikasini rivojlantirish va undan foydalanish sohasidagi yagona davlat siyosati hamda strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javobgar davlat idorasi bo‘ladi.

TOShKENT, 20-iyul - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantirish agentligi (“O‘zatom”) tashkil etiladi.

"Hozirgi vaqtda respublika iqtisodiyoti va aholisining energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyoji energiyaning qayta tiklanmaydigan manbalaridan, jumladan, resurslari cheklangan uglevodorod xom ashyolaridan ustun darajada foydalanish hisobiga qoplanmoqda. Vaholanki, mamlakatda uran xom ashyosining ulkan zaxirasi bo‘la turib, amalda atom energetikasi salohiyati ishga solinmagan", - deyiladi hujjatda.

Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie, posvashennoe voprosam sozdaniya atomnoy energetiki v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi

Farmonga muvofiq, "O‘zatom" atom energetikasini rivojlantirish va undan foydalanish sohasidagi yagona davlat siyosati hamda strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javobgar davlat idorasi bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, atom energetikasi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, sanoat va ekologiya xavfsizligining xalqaro talablariga javob beradigan zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni joriy etgan holda, atom energetikasi obyektlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha bitimlar va shartnomalar tuzish, atom fani va yadro texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni, fundamental tadqiqotlar, ilmiy-qidiruv, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlar loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, respublikadagi obyektlarning radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizligi tizimini boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda yadro avariyalari va radiatsiyaviy avariya vaziyatlarining oldini olish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqqan holda takomillashtirish kabilar agentlikning asosiy faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi.

“O‘zatom” agentligi huzurida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, atom energetikasini rivojlantirish sohasidagi xalqaro ekspertlar tarkibiga kiritilgan Ilmiy-texnik va ekspert kengashi tashkil etiladi.

Delegatsiya iz Uzbekistana posetila Belorusskuyu AES - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston AES qurilishida Belarus tajribasini o‘rganadi

Prezident Vazirlar Mahkamasiga 2018-yil 1-oktabrga qadar muddatda “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish vazifasini topshirdi.

“O‘zatom” agentligi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 20-dekabrga qadar – 2019-2029 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi, 2019-yil 1-iyunga qadar – ishlab chiqilgan Konsepsiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalari portfeli va 2019-yil 1-noyabrga qadar – 2019-2029 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish davlat dasturi loyihasini shuningdek, Konsepsiya va Dasturning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarning ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun kiritilishini ta’minlashi lozim.

Yangiliklar lentasi
0