Toshkentda noqonuniy kesilgan 2 tup chinor uchun 46 million so‘m jarima belgilandi

© Pisma o TashkenteRubka derevyev v Tashkente
Rubka derevyev v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yilning birinchi yarmida tabiatga yetkazilgan zarar uchun 4 fuqaroga nisbatan 361 million 500 ming so‘m jarima belgilangan.

TOShKENT, 20-iyul – Sputnik. Toshkentning Shayxontohur tumanida 2 tup chinoor daraxtini noqonuniy kesgan tashkilot vakillariga nisbatan 46 mln 100 ming so‘m jarima belgilandi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

“O‘rda kanali yaqinidagi 2 tup chinor daraxtining yerdan 4-5 metr balandlikdagi qismi qoldirilib, kesib tashlangan. Surishtiruv natijasida hech qanday ruxsatnomasiz, noqonuniy tarzda amalga oshirilgan ushbu harakatga mutasaddi tashkilotlarning mas’ullari tomonidan yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Ularga nisbatan 46 million 100 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2018-yilning 6oyi davomida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Toshkent shahar bo‘linmasiga Toshkent va Sirdaryo viloyatidan 4 ming 400 tupdan ziyod daraxt kesilishiga oid 607 murojaat bo‘lgan. Shu murojaatlarning 404 tasi ruxsatnoma asosida kesilayotgani ma’lum qilingan. 203 murojaat esa noqonuniy holda amalga oshirilayotgani bois kerakli choralar ko‘rilgan.

V Parke Abdulli Kadiri stvoli derevyev belyat izvestyu, chtobi zashitit ix ot nasekomix i drugix vrediteley, a takje, chtobi soxranit yego ot solnechnix ojogov. - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahridagi daraxtlarni kesganlarga javobgarlikka tortish choralari ko‘riladi

Ushbu muddat davomida poytaxtimizda ham sohaga oid huquqbuzarliklarni tezkor aniqlash, tegishli choralar ko‘rish yuzasidan reydlar o‘tkazildi. Jarayonda noqonuniy ravishda daraxt kesishga yo‘l qo‘yilgan holatlar aniqlanib, qonunni buzgan shaxslarga nisbatan 95 holatda 17 million so‘mdan ortiq jarima solindi. Ayni vaqtgacha 10 million 100 ming miqdordagi jarima undirilgan.

Bundan tashqari, 86 holatda 930 million so‘mdan ziyod o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar aniqlangan va 37 holat bo‘yicha 27 million 600 ming so‘m miqdordagi jarima undirilgan. 

Tabiatga yetkazgan zarari uchun 4 fuqaroga nisbatan 361 million 500 ming so‘m jarima belgilandi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligi o‘rtasida qo‘shma qaror tuzildi. Unda belgilanishicha joriy yilning 1-sentabridan boshlab 1 tup kesilgan daraxt uchun 10 tup manzarali ko‘chat ekish belgilandi. Daraxtlarni kesishda avval bitta tashkilot mutaxassisi o‘rganib, xulosa chiqargan bo‘lsa, endilikda bu jarayonga mutasaddi tashkilot xodimi, mahalla va hududdagi TSJ xodimlari ham jalb etiladi.

Yangiliklar lentasi
0